Men seni sog'insam yig'laydi osmon Bo'ron dunyolarni titratib tashlar. Halovat yo'q tunda har lahza, har on, Yulduzlar ko'zidan oqadi yoshlar. Men seni sog'insam sayramas bulbul, Chamanlarda xazon hukmron bo'lar. So'nmasdan qolmaydi hech qaysi bir gul, Hatto ochilmagan g'unchalar so'lar. Men seni sog'insam shiddatsiz shamol, Yurak urushimdan qo'rqqandek go'yo. Quyosh ham nurlarin sochmas ehtimol, Zulmatga aylanib qoladi dunyo. Men seni sog'insam tog' oddiy tuproq, Hatto cho'qqilari tiz cho'kar menga. Seni o'zingdan ham sevaman ko'broq, Olis olislardan intilib senga. Men seni sog'insam ko'rdingmi erkam? Dunyo tugashiga bir bahya qoldi. Men seni sog'inib yodga olgan dam. Bech