Shamday erib bormoqda umr, Dunyo ishi mudom tumonat, Yashamoqdan topaylik huzur, Bosgan har bir qadam omonat,
Baxt bitilmas mehnatsiz boshga, Gullar, mehr bersangiz toshga, Hukm birdek keksa-yu yoshga,
Bosgan har bir qadam omonat, Vujud qafas jon tutqun qushdir, Goho yayrar goho behushdir,
Umr göyo lahzalik tushdir,
Bosgan har bir qadam omonat, Bizga aziz bölgan bu olam,
Göyo bargda titragan shabnam, G'animatdir odamga odam,
Bosgan har bir qadam omonat.