Agar to'ksam ku'zlarimdan yosh, faqat yolg'iz Onam kuyadi. Otsa xamki dushmanlarim tosh, faqat yolg'iz Onam kuyadi. Mendan nurin qizg'onsa quyow, ko'zlarimga dunyo bo'lsa tor, sevgan yorim mendan qilsa or, agar bo'lsam shirin so'zga zor, faqat yolg'iz Onam kuyadi. G'am kulfatda qolganimda xam, xatto do'stim yuz o'girsa xam, faqat yolg'iz Onam kuyadi. Yaratganga etmasa nolam, faqat yolg'iz Onam kuyadi...
Kunlar oylar o'tib, o'tganda yillar. Bir-birin unutsa yuraklar dillar. Ertaga ko'milsa biz yurgan yo'llar. O'shanda sen meni eslarmikansan. Suyganim qayda deb izlarmikansan... Osmondan uchsa gar bir yorug' yulduz. Yuraging g'ash tortsa kecha-yu kunduz. Kimsasiz tor uyda qolganda yolg'iz. O'shanda sen meni eslarmikansan. Sevganim qayda deb izlarmikansan... Bolangga ertaklar so'ylayotganda. Baxtiyor chog'laring o'ylayotganda. Qalbingni nimadir qiynayotganda. O'shanda sen meni eslarmikansan. Suyganim qayda deb izlarmikansan... Kimdir kelib senga tasalli bersa. Oxir paymonasi to'libdi desa. Eshitdingmi sevgiling o'libdi desa. O'shanda sen meni eslarmikansan. Sevgilim nega deb yig'larmikansan????