Nishonini topolmagan kamon bulib Nayza kabi men tomonga otilasan.
Kunikasan, mensizlikka kunikasan, Suratimdan kuz uzolmay tikilasan. Pushoymonda uzingni hech kechirolmay, Tushlaringda ismim aytib chaqirasan.
Chomilasan, armonlarga chomilasan, Gudak kabi yulduzlarga termulasan. Gunohlaring azob berib sochganida, Savollarga kumilasan, kumilasan.
Bulutlarga yolvorasan, yolvorasan, Dardlaringni shamollarda sovurasan. Hovurini bosolmagan tentakkinam Sog'inasan, hali yomon sog'inasan.
O'z qalbingni bilmam qanday yoritasan, Tongni kutib, yuragingni chiritasan. Singan umid qadah kabi dilni yirtar Oqshomlari barmoq chishlab qon yutasan.
Ostonangda qul b6lay deb yalinas, Sahro kabi hayolimni changitasan. Muhabbatda bir sinovni yengolmading Mag'lub bulding bu hayotni jangidasan.
Sen ertaga bilmam qanday ovunasan. Yosh joningni qizil qonga qovurasan. Bir bor kursam buldi deya Rustamni deb Sog'inasan, hali yomon sog'inasan...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 1