Majnundek, sahrolar kezaman, Sen meni sevmaysan, sezaman. Og’ringan dilimni ezaman, U deydi:” Baribir sevaman”. U faqat nomingni so’zlaydi, Qashshog’-u osmonni ko’zlaydi, O’q yegan ohuday bo’zlaydi, “Baribir, baribir sevaman”. -Qo’y,- deyman, - o’zingni bos,- deyman, -Biz unga emasmiz mos, -deyman. - O’zgani sevishi rost, -deyman, - Deydi u , “Baribir sevaman”. Sevgimni oshkor rad etsang ham, Yarmini o’g’irlab ketsang ham, Deydi dil: “Mayli-da, netsa ham, Unimas, ko’nglini sevaman”.