Yigit tong otishi b-n bozorga oshiqdi. Havo
sovuq, bahorga öxshamaydi. Bayramga har
doimgidek atirgul emas, lola sotib olmoqchi
böldi. Bozor darvozasi yaqinida bir chelak
chiroyli lolalar turardi. —Kim sotyapti— söradi
u. -Hozir keladi,—dedi bir ayol. U yerda yana
bir qariya turardi. Uning nimasidir yigitni öziga
jalb qildi. Cholning egnida eski urfdagi plash:
hamma yog‘i tikilib, yamoq bölib ketgandi.
Shimi ham eski, lekin yaxshilab dazmollangan.
Poyabzali yaxshilab moylanganidan yaltirab
tursada, ancha xizmat qilgani bilinib turardi.
Qariyaning yuzini ajin bosgan biroq közida
qandaydir mag‘rur ifoda bor edi. U sovuqdan
kökarib ketgandi. Shunga qaramay, gul
sotuvchining kelis