LOLAQIZG'ALDOQ: Mendan nima qolar:
Ikki misra she’r,…
Ikki sandiq kitob,
Bir uyum tuproq.
Odamlar ortimdan
Nima desa der, Men seni o'ylayman
O'zimdan ko'proq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq! Men ketsam, yomondan
Yiroq bo'l, ohu,
Chunki sen chiroyli,
Ko'rkli bir juvon.
Yomon kunlar bir kun
Yaxshi bo'lar-u, Yomon odam yaxshi
Bo'lmas hech qachon…
Yasha chegarada
Turgandek ogoh,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq!