Tabiatning husni o'zgardi
Bahor keldi,fasli kelinchak
Qizg'aldoqning yuzi qizardi
Ona xalqim Navro'z muborak!Ko'ngillarda o'zgacha tuyg'u
Qizlar sochga taqdi jamalak
Har o'zbekning yuzida kulgu
Ona xalqim Navro'z muborak!Karnay surnay sozlar navosi
Bir tomonda qaynar sumalak
Tanga yoqar bahor havosi
Ona xalqim Navro'z muborak!Unut bo'ldi araz ginalar
Yumshab qoldi hatto tosh yurak
Sehri bormi hali shunchalar
Ona xalqim Navro'z muborak!Nurga to'ldi har bir xonadon
Obodlashdi guzaru yo'lak
O'ynab kular hamma sho'x shodon
Ona xalqim Navro'z muborak!Farovon yurt osmoni aro
Samolarni quchmoqda varrak
Quyosh yerga sochmoqda Ziyo
Ona xalqim Navro'z muborak!Assalomu alaykum mani qadirdonlarim go'zal
Qiz bolani orzusi Ko'zmunchoq bir farzandni mehribon Onasi bo'lish bo'lsa Yigitlani orzusi Shu jajji farzandning sevimli Otasi va shu vafodor yorning suyukli yori bo'lish ekan. . !