Dart qôymaydi elagin,
Kel, dilimni belagin,
Ne istasang tilagin,
Ishqning dog'i ekan bu.
Qalbga bosdim surating,
Istab shirin suhbating,
Hech yõqolmas odating.
Ishqning dog'i ekan bu.
Tun azabning quchog'i,
Hech sinmadi pichog'i,
Meni õldirar chog'i,
Ishqning dog'i ekan bu.
Yurak tõkar dardini,
Hech bilmadi mardini ,
Yengdi yigid mardini,
Ishqning dog'i ekan bu.