Ayol yig`layotganida qo`lini og`ziga qo`yadi. Erkak esa qo`lini ko`ziga qo`yadi! Go`yoki ularning har biri gunohlari qayerdan ko`p sodir bo`lishini bilgandek.
Er-xotin bir kuni eshikni hech kimga ochmaslikka qaror qilishibdi. Ertalab ularni eshik qo`ng`irog`i uyg`otibdi - eshik ko`zchasidan qarashsa erining ota onasi ekan. Eshikni ochishmabdi. Ular ketishibdi. Bir muddat vaqtdan keyin eshik qo`ng`irog`i yana jiringlabdi, qarashsa xotinining ota-onasi. Yana ochaymiz deyishsa, shu vaqt xotini yig`lay boshlabdi va erini unga rahmi kelib eshikni ochibdi. Vaqt o`tib ularda 4 o`g`il dunyoga kelibdi, 5-si qiz tug`ilibdi. Eri juda katta bayram qilibdi va juda xusand ekan. Do`stlari undan so`rashibdi: - Nima uchun shunchalik xursandsan? O`g`illaring tug`ilganda bunchalik quvonmagandinku?! U kulib: Men uchun eshik ochadigan tug`ildi degan ekan!!!