Dard-u hasrat yer ekan ko'ngil to'rini,
Ko'z yoshing yuvmaydi zamin sho'rini,
Ba'zan murda ham topolmay qolar ekan go'rini,
Yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini!
So'zing ham o'tmay qolar ekan goh,
Qochishadi oshna-og'ayni seni ko'rgan chog',
Qani ishongan bog', suyangan tog' ?!
Yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini!
Tashvishlar o'raydi to'rt tomoningdan,
Tosh chiqaveradi yegan noningdan,
O'zingnikilar ham ba'zan o'tkazib yuborar-da joningdan,
Yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini!
Omad yo'q, atalaga ham o'tmaydi tishing,
Yo'qlab kelmas ekan bir yaqin kishing,
Nomard-u, pastkashga tushadi ishing,
Yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini!
Xudo o'zi bilar kim qachon ketar,
Bir kam bu dunyo k