Xar shoxda g'uncha bitsa, Gul bo'ladi
debsizda.
Bir noz karashma qilsam, Qul bo'ladi
debsizda.
Qizil gulli libosim Kiyib gullola
bo'lsam,
Menga parvona bulbul Shul bo'ladi
debsizda.
Ko'z o'ngida aylanib o'ynab bersam
nozlanib,
Ishqim o'tida kuyib Kul bo'ladi
debsizda.
Suzib qoshu ko'zlarim Ko'rib jilva
sozlarim,
Atrofimda oshiqlar Mo'l bo'ladi
debsizda.
Shunda oshiq shoir ham Majnun kabi
yig'laydi,
Uning to'kkan ko'z yoshi Ko'l bo'ladi
debsizda.
Lekin aqli ojizlik qilib atrof
boqmabsiz,
Menda xam zo'r suluvlar ko'p Shuni
bilmay qopsizda...