Dunyo ko'zlaringga tor bo'lar bir kun,
Sochlaring oqarib qor bo'lar bir kun.
Sevgi- bu tabarruk qalb mehmonidir
Uni ho'rlaganlar hor bo'lar bir kun.
Baxtini qidirib topolmaydi baxt,
Tahtini qidirib topolmaydi taht,
Sevgini qadrini toptab yurganlar
Bir intiq nigohga zor bo'lar bir kun.
Qaydanam shu qizni suydim demagin,
Ishqida befoyda kuydim demagin,
Bo'ldi,hammasidan to'ydim demagin,
Chin oshiqqa tole yor bo'lar bir kun.