Uyingizga yetib bormasin xatlar, Yomg'irlar chertmasin derazangizni. Sizga hamrox bo'lsin eng ulkan dardlar, Eng kichik dardlar ham qiynasin sizni. Bo'm-bo'sh xona sizni ishga kuzatsin, Yolg'iz surat suhbat qursin siz bilan. Tunda to'shagingiz zulmat tuzatsin, Olov bilan yashamang, yashang muz bilan. Omadli yo'llarning tizini tashlang, Omadsiz yo'llardan yuring qoqilib. Meni sog'inguncha siz shunday yashang, Men shunday yashadim sizni sog'inib!
Men o'lsam qaytarman kapalak bo'lib, Gullar dudog'idan o'pib so'rmoqqa, Suv bo'lib oqarman daryoda to'lib, Men yana qaytarman seni ko'rmoqqa! Unutma ismimni yuraginga chiz, Meni har zamonda bir bor eslab qo'y, Ketyapman ortimdan qoldirmayin iz, Yuraging tilmasin azobli bir o'y. Mayli xiyonat qil, endi baribir, O'zgani erkala xohlaguningcha, Men endi ko'rmayman uni baribir, Tushinga kirmasman yig'laguningcha.
Yuragimga qayg'u töldi,
topolmadim xech sizni.
Telbamisol tunlar bedor,sanab
chiqtim yulduzni.
Eslamayman qalbga nafrat
töldirgan siz yuzsizni,
Vaqti kelar menga töymay
kelguvchini toparman,
Ismim zabonidan qöymay
sevguchini toparman.
Oppoq qordek bölgan
sevgim,malol keldimi sizga.
Yoki bevaqt paydo bölib ozor
berdimmi sizga.
Aybim qalbim sirlarini owkor
etkanim sizga,
Siz öylamang menga qalbin
tutkuvchini toparman,
Bir kun kelsa men deb alam
yutkuvchini toparman.
Talpinganim bekor
edi ,qilmadingiz e'tibor.
Sizni deya uyqisizman,zulmat
tunlarim bedor.
Bilmagandim yuragimga
berasiz
deb ming ozor,
Yeru kökka iwonmastan
sevguchini toparman,
Menga xatto öz jonini
be
Kundim tungdim yozu qishingdan Birdam hayolingsiz yurarmikanman O'ngimda bo'lmasa hech yo'q tushimda Sani yana qayta ko'rarmikanman Sanga yetganida oxu ko'zlarim O'zing ko'rarmiding sulg'un yuzlarim Manguga yumilmay turib ko'zlarim Sani yana qayta ko'rarmikanman