Maymunni yig'latar ba'zan ahvoli,
Ey tangrim, o'zing ber, bo'lsin haloli,
O'zingdan o'zgaga muhtoj qilmagin.
Qo'lda berganiga qush ham to'ymaydi,
Qarzdor qarziga qo'shib to'laydi,
Banda berganini so'rab qo'ymaydi,
O'zingdan o'zgaga muhtoj qilmagin.
Dunyo minnatlarga to'lgan, Xudojon,
Yaxshilik, saxovat o'lgan, Xudojon,
Kim baxil, kim kimni "yulgan", Xudojon,
O'zingdan o'zgaga muhtoj qilmagin.
Qo'lni qo'l taniydi, dilni dil emas,
Pulni pul topadi, tilni til emas,
Mezbon mehmoniga dildan kel demas,
O'zingdan o'zgaga muhtoj qilmagin.
Tashvishda hech kimsan hatto jigarga,
Otingni suvlashar minsang egarga,
Kunim qolmasidan bag'rim ezarga,
O'zingdan o'zgaga muhtoj qilmagin.
Bu kunlar o'tmishga aylanishi bor,
Bizning she'rlarning ham kuylanishi bor,
Alamdan ko'plarning o'ylanishi bor,
Shuningchun hech kimga muhtoj qilmagin


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев