Kimga yoqar Qur'on ovozi, Yana kimga shaytonning sozi. Kimlar Ollox uchun yig'lasa, Kim banda deb o'lmoqqa rozi! Kim kimnidir ko'nglini olgan, Yana kimdir kimdan norozi. Qiyomatda bilib olurmiz, Ollox o'zi bo'lganda qozi! Keling do'slar muslim bo'laylik, Savobimiz bossin tarozi. O'sha kunda o'ngdan berilsin, Xar bandaning amal qog'ozi!
BAXT! Ko'ngil uyi bog' bo'lsa, Tanu jonlar sog' bo'lsa. Qaddimiz baland bo'lsa, Shuning o'zi BAXT erur! Qo'l oyoqning yurgani, Ko'zning ravshan ko'rgani, Yuragingiz urgani, Shuning o'zi BAXT erur! Ota ona borligi, Molu davlat yorligi. Sizga kimdur zorligi, Shuning o'zi BAXT erur!
Allox aytadi: -Xar bir bandamni qilgan amali o'zi uchun. Lekin tutgan ro'zasi men uchundur va albatta bunung mukofotini o'zim beraman! Iloxim xammamizga Alloxning mukofotiga erishish nasib qilsin! Allox xamma ro'zadorlarga sabr bersin!