Men paxtani sevaman, Menga paxta yoqadi, Endi menga baribir, Kim paxtadan qochadi. Shimim kalta va lekin, Uzun paypoq shukur bor, Bundan buyon talaba, Bo'lmas sira baxtiyor. Makaron yesam jilmayib, Bo'lka yesam kulaman, Choy yetmay qolmasin deb, Soat 4 da turaman. Oshqozon degan qabrga, Makaronni ko'mganman, Va ustidan bir ko'sok, Qotgan bo'lka yeganman. Diqqat bo'lar domlalar, Bollar sonin sanashib, Menga esa turibdi, Teshik etik yarashib. Quchoq-quchoq terdim men, Xar narsa o'z holicha. Azizlarim paxtani, Tering joniz boricha. Paxta termay desangiz, Maslahatim olvoling. Cho'ntagizga bir pochka, Mingtalikdan solvoling. Terimga emas bizni, Sinovlarga tashlabdi. Domlalar shu normasiz, Devonay