Bir kun sizga armon bolaman Konglingizdan ketkazolmaysiz Boshingizda osmon bolaman Qolingizni yetkazolmaysiz. Bir kun sizga armon bolaman Hayolingiz butkul qamrayman Dunyoyingizda taftli quyoshdek To tirikman mudom porlayman. Bir kun sizga armon bolaman Uchib ketgan kapalak misol Soginchlardan zor qaxshab yurak Uvol bolib qolsa ham visol. Bir kun sizga armon bolaman Sochingizni qoplasa qirov Axtarasiz lek topolmaysiz Qani sizni tinglasa birov...
Men wundayin armon bolaman muz yuraklar aylanar suvga Men wundayin armon bolaman tow yuraklar aylanar qumga Men wundayin armon bolaman sevgim haqqi afsus qilasan Men wundayin armon bolaman hali meni eslab yurasan!!!
O'tar umr o'tmoqda orzularga adashib Kun botib tong otmoqda nimanidir talashib Yurak to'lib bormoqda armonlarga qalashib Kelar goho omadim ammo bahtdan darak yo'q. Unutaman borligim goho yorug' dunyoda Bilmam kimga zorligim umr degan daryoda Javob kutib sevgimga yashayapman gadoday Go'yo go'zal hayotda menday joni halak yo'q. Ko'zim to'la achchiq yosh to'kilgisi kelmaydi Oh taqdirga qo'yib bosh dil ko'ngisi kelmaydi Zor qalbimda yo'q bardosh chekingisi kelmaydi Ohlarimga osmon zor faryodimda falak yo'q. Tuyg'ularim tunlari oyga aytgim kelar ko'p Armon bo'lgan tushlarim soyga aytgim kelar ko'p Asli ko'rgan kunlarim kuyga aytgim kelar ko'p YURAK TO'LA HASRATIM TINGLAGUVCHI YURAK YO'Q!!!
Vaqt soati yetgan ota o'g'liga nasihat qilibdi: - yopiq turganni och, ochiq turganni yop. O'g'il otasining so'zlariga tushunmaganini aytdi va bu gaplarning manosini otasidan so'rabdi. Shunda otasi : - hamyoningni og'zini och saxiy va ochiqqo'l bo'l, to sendan yordam so'raganlarga foydang tegsin. Og'zingni esa yop, to tilingdan hech kimga aziyat yetmasin!