Yoshlik xavaslari qilganda mashg'ul. Haqqa bosh egmoqlik, judda ham mushkul. Umring poyoniga etganda butkul. Ayting OLLOX uchun, nima ish qildik ? Naxot charchamaymiz, yolg'onlar so'ylab. Ayting qachongacha yuramiz o'ynab. Do'stim o'zingiz xam, ko'ring bir o'ylab. Ayting OLLOX uchun, nima ish qildik ???
Ezgu orzulari bo'lganida puch, Ayol hiyonatiga kelganida duch. Nafsini yengmoqqa topolmasa kuch, Alamdan ezilib erkak yig'laydi. Haqiqat olovdir, yolg'on bir shisha, Haq gapni aytmoqqa qilmam andisha. Qizi nogoh bo'lib qolsa fohisha, Hammadan yashirib erkak yig'laydi. Cheksiz hasratlarga qolganda botib, Ayriliq dog'ini ko'rganda totib. Bolasin tobutin qolsa ko'tarib, Yurakdan o'kirib erkak yig'laydi. Xizmat qilolmasa tikib jonini, Rozi qilolmasa otajonini. Tuproqga qo'yganda onajonini, Uyalmay bo'kirib erkak yig'laydi. Do'sti sotib ketsa og'ir kunida, Dardkashi bo'lmasa aslo yonida. Omadi chopmasa ishq maydonida, Bir chetga o'tirib erkak yig'laydi. Shayton quchog'ida yotsa bolasi, Vijdonin i