Nafsini yengmoqqa topolmasa kuch, Alamdan ezilib erkak yig'laydi. Haqiqat olovdir, yolg'on bir shisha, Haq gapni aytmoqqa qilmam andisha. Qizi nogoh bo'lib qolsa fohisha, Hammadan yashirib erkak yig'laydi. Cheksiz hasratlarga qolganda botib, Ayriliq dog'ini ko'rganda totib. Bolasin tobutin qolsa ko'tarib, Yurakdan o'kirib erkak yig'laydi. Xizmat qilolmasa tikib jonini, Rozi qilolmasa otajonini. Tuproqga qo'yganda onajonini, Uyalmay bo'kirib erkak yig'laydi. Do'sti sotib ketsa og'ir kunida, Dardkashi bo'lmasa aslo yonida. Omadi chopmasa ishq maydonida, Bir chetga o'tirib erkak yig'laydi. Shayton quchog'ida yotsa bolasi, Vijdonin iblisga bolasi. Qariyalar uyiga otsa bolasi, Ajalin chaqirib erkak yig'laydi. Haromni tanlasa halol turganda, Navqiron yoshligin uvol qilganda. Qirq do'sti bo'lmasa qirqqa kirganda, Chin dildan o'rtanib erkak yig'laydi. Choyxonada o'tkazgan bo'lsa umrin, Hech masjid tomonga burmasa yo'lin. Bir kuni tushunsa adashganligin, Umriga achinib erkak yig'laydi. Toshdan ham qattiqdir yetimlik noni, Taqdirida bo'lsa sag'irlik oni. Ming bir azoblarda qolganda joni, Ko'ngliga suyanib erkak yig'laydi. Maylar-u sharobga bo'lsa u oshiq, Jirkanch odatlarga yashasa sodiq. Nom qozonolmasa ablahdan ortiq, Bir kuni og'rinib erkak yig'laydi. Hech ham baxt ko'rmasdan bir kuni oxir, Og'zim oshga yetdi deganda axir. "Ajal sari ketdik" desa Azroil, "E, voh", deb baqirib erkak yig'laydi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев