Ketgim kelmas umid bog'idan. Alamlarga toparman toqat. Yiqilgim yo'q dil charchog'idan. Ko'rib qo'ysin bir besadoqat. Tugamas dil parivashlari. Tolsa hamki armon dog'idan. Kelmasa ham ruyob qushlari. Ketgim kelmas umid bog'idan. Omonlashsin o'sma bilan qosh. Xayron qotsin xazonrez faslim. Meni tashlab ketmagin bardosh. Osongina bo'lmasman taslim. Kun surayman xorg'in jonimga. Mag'rurlikning baland tog'idan. O't ketsa ham xonumonimga. Ketgim kelmas umid bog'idan.