Qachondir dovdirab yurgan qulunlar
Quyoshni ilk bora ko'rgan qulunlar
Tuyog'i chalmashib yurgan qulunlar
Uchqur saman bo'pti allaqachonlar
Qachondir osmonni ag'darardi ham
Dumog'im achidi ko'zga keldi nam
Meni yelkasida ko'targan otam
Qaddi kamon bo'pti allaqachonlar.