Xijronlarga yetmas bardoshim,
Sog'inch yuragimga tig'lar
uryapti. Bir bor yo'qlamagan ey
bag'ritoshim, Men seni hozirda
ko'rgim kelyapti. Agar gunoh
bo'lsa sevish, sevilish, Bugun
gunohlarim azob beryapti,
Nasib qilarmikan bizga
uchrashish? Men seni hozirda
ko'rgim kelyapti. Holimni
so'ramas na do'st, na ag'yor,
Oradan beshavqat kunlar
o'tyapti, Ollohning oldida
gunohim bisyor, Men seni
hozirda ko'rgim kelyapti.
Shunchalik qiyinmi bahtga
yetishish, Ko'ksingga boshim
qo'ygim kelyapti, Bu telba
ko'ngilni so'ngi hohishi, Men
seni hozirda ko'rgim
kelyapti
Shukr qilgin ukajon Olloh
senga
qiz bersa. Hafa bo'lma singiljon
Olloh senga qiz bersa. Ayolingni
ranjitma, Qaynonanga baqirma,
Suyunchini ayama Olloh senga qiz bersa. Mehribonroq o'g'ildan,
Dadamas,der dadajon, Choy
icharsan qo'lidan Olloh senga qiz
bersa. Qilgin yaxshi tarbiyat,
O'rgat namoz,ibodat, Sajda
qil,qilgin toqat Olloh senga qiz bersa. O'ssa bo'lib soliha, Misli
Oisha,Fotima, Topshir solih
qo'liga Olloh senga qiz bersa.
Derlar:o'sha oxir kun Yetmay
qolsa savobing, Berarkan ajrin
qizing Olloh senga qiz bersa. Bermasa ne qilarding, Tirnoqqa
zor bo'larding, Ko'p isyonkor
bo'lmagin Olloh senga qiz bersa