Sog'inch
Yomg'ir yog'ar yurakni ezib, bu dildagi alamni sezib
Armonlardan yuragim bezib bugun sizni juda sog'indim
Orzulardan köpdir armonim, yorishmaydi moviy osmonim
Tunlardagi olgan oromim bugun sizni juda sog'indim
Sog'inch tati shirin bölarkan sog'inganda yurak tölarkan
Azoblarga bu dil könarkan bugun sizni juda sog'indim
Sog'ingang ayt bir bora.
Bugun xam kechagindan ko'proq,
Yana seni seni sog'indim,
Borolmasman yoninga biroq,
Dunyoda borliging o'ylab ovindim,
Xijron qalbimni aylaganda ming pora,
Sen xam sog'ingang aytgin bir bora.
Isming aytib urar xatto yuragim,
Sen o'zingsan dunyoda tanho keragim,
Sevging bilan boshlandi shirin ertagim,
Shu armonli muxabbatim bo'ldi ermagim,
Qalbim so'zlarin tinglasayding zora,
Sen xam sog'inganing aytgin bir bora.
Tunu - kun o'ylaganim tanho o'zing,
Xayollarim o'g'risi seni shahlo ko'zing,
Ko'zlarimga surtay bosgan xar izing,
Tashvishlardan yiroq bo'l kulib tursin yuzing,
Sevgingdan umidvor yasharman tobora,
Sen xam sog'ingaming aytgin bir bora.
Orzu
Sog'inganda borolsaydim yoningga,
Seni quchib bosam edi bag'rimga,
Malikam aylansaydim sultoningga,
Raxim ayla endi bir oz sabrimga.
Osmoningni nurga to'ldirsam o'zim,
Yo'llaringni gulga to'ldirsam o'zim,
Sevgimga shubxa qilmagin aslo,
Yurakdan chiqmoqdadur yigitlik so'zim.
Bahor gullaridan yasab gulchanbar,
Sumbul sochlaringga taqib qo'ysaydim,
Sendan taralgaydur go'yo mushk - ambar,
Yoqimli iforinga bir bor to'ysaydim.
Oxistagina tutib mayin qo'lingdan,
Unutsaydim dunyoni boqib ko'zingga,
Joy olsaydim erkam seni dilingdan,
Mushtoq bo'lmay shirinim shirin so'zingga.
Sen bilan o'tsaydi kecha - kunduzim,
Yonimda bo'lsayding xar lahza xar on,
Gulimsam, go'zalim sensan yulduzim