Qani endi vaqt qo'limda bo'lsa,
Taqdirni tuzishga bo'larmi imkon.
Qay bir zot umridan pushaymon bo'lsa,
Qilardim dunyoda eng baxtli inson.
Qani endi men sehrgar bo'lsam,
Kelajak sirlarin ko'ra olsaydim.
Baxtsiz yo'ldan ketgan insonni ko'rsam,
Ortiga qaytarib baxtga cho'msaydim.
Qani endi men farishta bo'lsam,
Gunohi ko'plarga savob ulashsam.
Barcha yaxshilarni jannatga tiqib,
Sofdil, qalbi poklar qatorida tursam.
Qaniydi mustaxkam iroda bo'lsam,
Barchaning ko'nglida haykalim qo'ysam.
Afsusdan ingragan barcha yurakni,
Dadil qadamlar bilan baxtga elttirsam.
Afsuski bularning barchasi hayol,
Barchasi armondir huddi sen kabi.
Qancha tang bo'lmasin sendagi ahvol,
Bari