Oops! It appears that you have disabled your Javascript. In order for you to see this page as it is meant to appear, we ask that you please re-enable your Javascript!
Sen meni qizg‘onma shahar qizidan,
Shaharning ko‘zlari gavhar qizidan.
Hech ketib qolmasman uning izidan,
O-o-o, mening qishloqi sevgilim!
Bu qizlar san-mandan nari o‘tmagan,
Latofat ko‘chasi sari o‘tmagan.
Seni-chi, hattoki onang o‘pmagan,
O-o-o, mening qishloqi sevgilim!
Bo‘yoqdan ko‘rinmay ketgan ko‘zlari,
Xuddi malika deb bilar o‘zlarin.
Qizarib ketmoqda nechun yuzlaring,
O-o-o, mening qishloqi sevgilim!
Yozda ham, qishda ham ularning gali,
Hatto yubka kiyar chilla mahali.
Sen esa bilmaysan yubka ne, hali,
O-o-o, mening qishloqi sevgilim!
Bularni qo‘yaver, mayli o‘ynasin,
U dunyo-bu dunyo o‘ynab to‘ymasin.
Xudoyim o‘zingdan ayro qo‘ymasin,
O-o-o, mening qishloqi sevgilim!
Dam olish uchun pulni ayamang Yoqsa – ayting Bugun uchun yashang, chunki kecha o`tib ketdi, erta esa kelmasligi mumkin. Tushunarsiz bo`lsa – so`rang Uchrashishni xohlasangiz – taklif qiling Biron narsa xohlasangiz – so`rang Hech qachon bahslashmang Tushunarli bo`lishni xohlasangiz – tushuntirib bering Agar aybdor bo`lsangiz – darrov tan oling va o`zizni oqlashga urinmang Yodda tuting ! Hammaning o`zining fikri bor va u ko`pincha sizniki bilan mos kelmasligi mumkin Axmoqlar bilan suhbatlashmang Hayotda eng asosiysi sevgi, qolganlari ro`yo Insonning muammosi faqat uning miyasidagina joylashgan bo`ladi Atrofimizdagi olam na yovuz va na mehribon. Unga baribir seni bor