Предыдущая публикация
Shaharning ko‘zlari gavhar qizidan.
Hech ketib qolmasman uning izidan,
O-o-o, mening qishloqi sevgilim!
Bu qizlar san-mandan nari o‘tmagan,
Latofat ko‘chasi sari o‘tmagan.
Seni-chi, hattoki onang o‘pmagan,
O-o-o, mening qishloqi sevgilim!
Bo‘yoqdan ko‘rinmay ketgan ko‘zlari,
Xuddi malika deb bilar o‘zlarin.
Qizarib ketmoqda nechun yuzlaring,
O-o-o, mening qishloqi sevgilim!
Yozda ham, qishda ham ularning gali,
Hatto yubka kiyar chilla mahali.
Sen esa bilmaysan yubka ne, hali,
O-o-o, mening qishloqi sevgilim!
Bularni qo‘yaver, mayli o‘ynasin,
U dunyo-bu dunyo o‘ynab to‘ymasin.
Xudoyim o‘zingdan ayro qo‘ymasin,
O-o-o, mening qishloqi sevgilim!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 5