Bir oqsoqol mullani yoniga kelib: — Qori aka men 1945 yili gunoh ish qilganman. Mulla: — Qani aytingchi! Oqsoqol: — Urush paytida bir amerikalikni nemislardan yashirib uyimda saqlaganman. Mulla: — Birodar bu gunoh emas, aksincha yaxshiku, birovni jonini saqlash Oqsoqol: — To'g'riku-ya lekin har kuni 100$ olardimda. Mulla: — Ie, shunaqa deng. Mayli-mayli baribir begunohni jonini saqlagansiz. Oqsoqol xursand, mulla bilan xayrlashib ostonada to'xtab mullaga: — Qori aka nima deb o'ylaysiz, urush tugaganini unga aytsamikan yoki yo'qmi?