Bu dunyo yolg'onchidir ishonma unga. Otangdan qolgandir sendanda qolar. Yo'lga chiqsang o'ngu so'linga qara. Qancha shahar, qancha mozor, qancha maqbara. Bunda barcha tengdir gadoyu to'ra. Sozanda chalayotgan nayingdan so'ra. Soz-u, noz-u, raqosa, eski nog'ora. Boshqalardan qolgan sendanda qolar!!!
Hayollaring qiynaydi,
Birov dardim bilmaydi.
Endi qöldan kelmaydi,
Meni unut demada.
Buncha azob bermada,
Meni unut demada.
Umidim kuydurmada,
Meni unut demada.
Hayotimsan muhabbat,
Qanotimsan muhabbat.
Nima desang de faqat,
Meni unut demada.
Qalbimdasan ey gözal,
Zulfi mayin zulfizar.
Shu söz yuragim ezar,
Meni unut demada.
Daryo suvi köz yoshim,
Tölqinlari sirdoshim. Sen unut qalamqoshim,
Meni unut demada!