Sevganimni dunyo bilsa ham. Dushmanlarim g'iybat qilsa ham. So'zlarimdan g'ashing kelsa ham. Seni juda sog'inib ketdim. Bo'lsang hamki yonimda meni. Yonimdamas jonimda meni. O'tgan har bir onimda meni. Seni juda sog'inib ketdim. Ishqing bilan yonar yuragim. Baxt- u tole senga tilagim. Bo'lmasa ham senga keragim. Seni juda sog'inib ketdim.