- So‘nggi 4000 yil ichida birorta ham hayvon xonakilashtirilmadi.
- Pingvinlar 1,5 metrga sakray oladi.
- Shimpanzelar o‘zini ko‘zguda taniy oladigan yagona hayvon hisoblanadi.
- Odam va fillar — boshi bilan tura oladigan yagona sut emizuvchilardir.
- Timsohlar suv ostiga chuqurroq sho‘ng‘ish uchun og‘ir toshlarni yutib yuboradi.
- Qutb ayiqlari 40 km/soat tezlikda yugura oladi.
- Dastlab Avtstraliyaning 50 sentlik tangasi 2 dollarlik kumushdan quyilgan.
- Angliya kutubxonalarida eng ko‘p o‘g‘irlanadigan kitob — “Ginnesning rekordlari kitobi”. Bu dalil rekordlar kitobiga kirgan.
- Monako milliy orkestri bu davlatning armiyasidan kattaroq.
- Sahroi Kabirda bir martagina — 1978 yilning 18 fevralida qor yoqqan.
- 1983 yil davomida birorta ham odam tug‘ilmagan davlat — Vatikan.
- Nil daryosi ikki marta — IX va XII asrlarda muzlagan.
- Sharqning qadimiy davlatlarida qitiqlash qonun bilan taqiqlab qo‘yilgan.
- Las-Vegasning kazinolarida hech qayerga soat qo‘yilmaydi.
- Eskimoslar tilida “qor” so‘zini ifodalash uchun 20 dan ortiq so‘z bor.
- Italiyada “Barbi” qo‘g‘irchoqlari Kanadadagi tub kanadaliklar sonidan ko‘proq.
- Fransiya qonunlariga ko‘ra, insoniy yuzga ega bo‘lmagan (masalan, o‘zga sayyoralik ko‘rinishida) qo‘g‘irchoqlarni sotish taqiqlanadi.
- Kanada so‘nggi 5 yil ichida 4 marta BMT tomonidan yashash uchun eng zo‘r mamlakat deb e’lon qilindi.
- Rossiyada aroq XIV asrda paydo bo‘lgan. Dastlab u dori sifatida tomchilab sotilgan.
- Mushukning bosh suyagi faqat tepa va pastga harakatlanadi. Itlarning bosh suyagi esa to‘rt tarafga harakatlana oladi.
- Erkaklarning miyasi 30 yoshdan so‘ng quriy boshlaydi va 60 yoshlarga borganda uning 30% i qurib qoladi. Ayollar organizmida bu jarayon kuzatilmaydi.
-
- Avstraliya mamlakatini hech ikkilanmasdan akatsiyalar o‘lkasi deb atash ham mumkin. Chunki bu daraxtning 500 dan ortiq turi ushbu mamlakatda o‘sadi. 20 mingdan ziyod o‘simlik turiga ega bo‘lgan Avstraliyaning «yashil qit’a» deb nomlanishini esa ko‘pchilik bilsa kerak.
- Ukraina hudud jihatidan Yevropada eng yirik davlatdir. Uning maydoni — 603700 km2.
- Mongoliya davlatining hududi — 1566000 km2. Qizig‘i shundaki, bu hududning 80% ni o‘tloq va yaylovlar egallagan.
- Bugungi kunda jahonda eng ko‘p ishlatiladigan so‘zlardan biri bo‘lgan avia so‘ziga «qush» degan ma’noni anglatadigan lotincha «avis» so‘zi asos bo‘lgan.
- Qadimgi Makedoniya davlatida ellinizm bo‘lganmi-yo‘qmi, degan masala dunyo tarixchilari orasida hamon davom etmoqda.
- Yerning ilk sun’iy yo‘ldoshini koinotga olib chiqqan “Sputnik” tashuvchisi aslida ballistik raketa olib yuruvchi 8K71(R-7) quroli sifatida yaratilgan edi.
- Tender — ichida suv va yonilg‘i saqlanadigan va paravozga ulanadigan vagonning nomi. Agar suv bilan yonilg‘i parovozning o‘zida saqlansa, u “tank-parovoz” deb ataladi.
- SSSR va Finlyandiya o‘rtasida 1941-1944 yillarda bo‘lib o‘tgan urushni fin tarixchilari “Davomli urush” deb atashgan.
- Dunyodagi eng uzun osma ko‘prik bo‘lmish Akasi-Kaykyo (Yaponiya) troslari bir-biriga ulansa, Yer sharini yetti marta aylantirib chiqish mumkin.
Bu malumotlarni bilganingiz shart
Yordami tegadi 3 marta uqing esda qoladi....ideal bola ™√
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 123