Ashkini yashirar kiprigi artib
Necha bor chog'lanar, til esa qaytib
Dil rozin aytolmas o'zbek qizlari.
Ro'molcha chetiga tikib ishqini
Orzular quradi visol ko'shkini
Ibosi pinxona tutib rashkini
Dil rozin aytolmas o'zbek qizlari.
Otaning orini boshida tutgan
Onaning o'gitin ichiga yutgan
Sevmagan odamga tegib ham ketgan
Dil rozin aytolmas o'zbek qizlari.
Bo'y berib yashaydi umr yo'ldoshiga
Ko'z yoshi oqsa ham goho oshiga
Tana qilib kelmas padar qoshiga
Ne kelsa chidaydi munis boshiga
Dil rozin aytolmas o'zbek qizlari.
Beshigin quchoqlab ovunar goho
Sevganin eslabon kuyinar goho
Go'dagin emizib suyunar goho
Dil rozin aytolmas o'zbek qizlari.
Artadi sabrining sarg'aygan yuzin
Yori emas sevgi yoshlasa ko'zin
Shukur qilar o'pib o'g'il-u-qizin
Dil rozin aytolmas o'zbek qizlari.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2