Qizim ostonamdan oyoq uzatar chog'.
Xonadon huvillab qolgandan keyin,
Qushini uchirib yuborarkan bog'.
Men seni yer-u ko'kka ishonarmidim?
Qizning chin baxti bu, taqdir ishi bu.
Mayli, yuragingga kirgan mardning,
Boshiga qo'ngan, ketmas humo qushi bo'l.
Yoshliging o'tdi xush, xandon otib,
Murg'ak yurakginang ozor chekmayin.
Olmadek birovga uzatayotib,
Ne uchun ko'zimdan yoshlar to'kmayin?
Xatodek tuyular menga ushbu xat,
Ushbu taqdir, qalbga sanchma tig'ingni.
Men hech o'ylabmidim shunday oz fursat?
Qizim, o'z onangga mehmonligingni.
O'ylaring yo'qmidi mendan yashirin?
Tuyg'ularing g'amdan yonmaganmidi?
Tushuntira olmay menga goh siring,
Yostiqqa ko'z yoshing tommaganmidi?
Bo'lmaganmi aytgin sen norizo payt,
Bag'rimizda kechgan quvonch, munglardan?
Sen ayt bolajonim, rozimisan ayt?
Otang uyidagi o'tgan kunlardan?
Tilayotgan ko'zim senga tikaman,
Quchog'imdan seni oldi-ku taqdir.
Bu taqdirga qandoq men ko'nikaman?
Bilmam kunim sensiz qandoq o'tadi?
Mayli sen borar bog' endi ko'rmay kam,
Tol'e mening mehrim shu boqqa solsin.
Men ola bildimmi ko'nglingni bilmam,
Bolam, borar joying ko'nglingni olsin!
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3