Предыдущая публикация
Har kimning ham bordir bir yovi.
Yaxshi ko‘rsa bittasi mani,
Yoqtirmaydi boshqa birovi.
Odam bo‘lmoq emasdir oson,
Bu yo‘lda bor, balki kam-ko‘stim.
Fe’l-atvorim yoqmay nogahon –
Tashlab ketar ba’zi bir do‘stim.
Tosh tarafga og‘sa tarozi,
"Jon do‘stlar" ham seni der "yomon!"Demay:
"Bu gap yolg‘onmi, rostmi",
Nafratlarin sochar beomon.
Mayli, gapim, fe’l-atvorim goh
Kimlargadir yoqsin-yoqmasin,
Xalqim!Nafrat-qahringdan, biroq,
Yo‘q, Xudoning o‘zi saqlasin!


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев