Shuncha tashvish ayol boshiga,
Sabr deydi hikmatdur har on,
Behos deydi kimga kerakman,
Siz keraksiz menga Onajon.
Ko'ngil mahzun dunyo ishidan,
Qalb qafasda mexrim chalajon,
Hech yig'lamang ko'zga yosh olib,
Siz keraksiz menga Onajon.
Toshbag'irman yiroqlab ketgan,
Ro'zg'or deyman hammasi yolg'on,
Umr bo'yi yoshlarin yutgan,
Siz keraksiz menga Onajon.
O'zin o'ylab yurgan darbadar,
Asli menman hammadan yomon,
Sog'inganman tugasin safar,
Siz keraksiz menga Onajon.
Nelar qildim bir o'g'il bo'lib,
Hasratingiz tingladim qachon,
Lek aytmaysiz yengasiz kulib,
Siz keraksiz menga Onajon.
Buyuk ne'mat qadrini bilmay,
Unutuvchi aslida inson,
Ayting Ona nima keltiray,
Siz keraksiz menga Onajon.
Boru yo'g'im bitmas davlatim,
Fido bo'lsin siz uchun bu jon,
Oyog'ining osti Jannatim,
Siz keraksiz menga Onajon.
Muallif: Akbarshox Obidjonov
(Andijonlik Shoir)
04.02.2019


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев