
ketayotgan ikki
do‘st, bir
payt nima bo‘ldi
yu, bir birlari
bilan g‘ijillashib
qolishdi. Shunda
do‘stlarning biri
ikkinchisining
yuziga tarsaki
tortib yubordi.
Tarsaki yeganning
joni og‘ridi,
lekin hech nima
demasdan yerga
egildi va qumga
shunday deb
yozdi: «Bugun eng
yaqin do‘stim
menga tarsaki
tushirdi».
Yana yo‘llarida
davom etishdi va
bitta vohaga
chiqib olishdi. U
yerda ko‘zlari
suvga tushdi,
chanqoqlarini
qondirish uchun
shoshilishdi.
Shunda boya
tarsaki
yegan do‘st suv
bo‘yidagi
botqoqqa tushib
ketib, cho‘ka
boshladi. Do‘sti
darrov yordamga
shoshilib, uni
o‘limdan qutqarib
qoldi. O‘ziga
kelgandan keyin,
bir
oz muddat
o‘tgach, bu safar
bir
toshga shunday
deb yoza
boshladi: «Bugun
eng aqin
do‘stim hayotimni
saqlab qoldi».
Uni kuzatib turgan
sherigi
so‘radi: «Tarsaki
tortuvdim
qumga yozding,
endi esa toshga
yozapsan, nima
uchun?»
Do‘stining javobi quyidagicha
bo‘ldi:
«Birovdan og‘ringanimizda qumga
yozishimiz kerakki, salgina
shabada esganda ham o‘chib
ketsin.
Ammo birovning qilgan yaxshiligini
toshga bitishimiz kerak.
Toki hech bir shamol, bo‘ronlar
uni o‘chira olmasin»..


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев