
Balki buyuk bo’lgandir nasling
Tuproq bo’lar bilsang o’z asling
Kimligingni unutma do’stim
CHumolini o’tkaz yo’lingda
Tashla osmon bo’lsa ko’lingda
Doim Ollox bo’lsin dilingda
Kimligingni unutma do’stim.
Boylikni deb umr o’tkazma
Bir laxzani zoya ketkazma
Sen xech kimga ziyon yetkazma
Kimligingni unutma do’stim.
O’tmishingni esla fikr qil
Zamonlar tinch shunga shukur qil
SHaytonga qul bo’lmagin, qul qil
Kimligingni unutma do’stim.
Boymi gado ketar bir joyga
Oxir borib yetar bir joyga
Qo’ling yetmas uzatma oyga
Kimligingni unutma do’stim.
Kerilmagin, kerilma aslo
Xar narsaga qodir bir Xudo
Bor yo’g’ingdan qilmasdan judo
Kimligingni unutma do’stim...


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев