
Hali voyaga yetmay turib,
Jismi toshib, qalbi jo'sh urib,
Oq libos kiymay visol qurib,
Er quyniga shoshilgan qizlar.
Qayon borsang yo'lingda ustun,
Kaltda yupka usti ham yupin,
Brovlarning hojati uchun,
Debochada kutilgan qizlar.
Makr hukm qilsa ustidan,
aldanib sehru jodusidan,
Qiynamasn deb nomusidan,
Erta kunda qutilgan qizlar.
Avval fahshga qilar chorani,
So'ng brovga berib porani,
Qaytib kelib bir bechorani,
Taqdiriga bitilgan qizlar.
Harom puldan taqinsa zirak,
Ko'rib ota parvoyi falak,
Nafs yo'lida so'ralgan tilak,
Botqoqiga botilgan qizlar.
Qushdek uchar qaytar uyaga,
Gul badanini surtib quyaga,
Biri turk biri rassiyaga,
Sedanadek sochilgan qizlar.
Biri ichar, boshqasi bangi,
Janjalda ham ko'rindi rangi,
Fasodchilar bobida yangi,
Bo'y taratib ochilgan qizlar.
Farzandi yo'q yuz erdan qolgan,
Har ne qizni izniga solgan,
Jahannamga yo'lanma olgan,
Yangasiga tutilgan qizlar,
Fasodchilar qo'lida sarson,
Shu yo'sinda hayoti yakson,
Uvol qilib qadrini arzon,
Bir tiynga sotilgan qizlar.
Bu she'r bo'lsin qizlarga ibrat,
Arzon sotmang qadringiz qiymat,
Ming maqtalib ohir oqibat,
Gunohkor deb topilgan qizlar
********
Qilay yigit holini qissa,
Qo'lida shisha, nos to'la kissa,
Fahshga to'la haromi jussa,
Harom so'zli zabon yigitlar.
Brodarin zinoga tortar,
Kunda elga ziyoni ortar,
Ahlini ham faqirga turtar,
Jahannamga makon yigitlar.
Hulqida yo'q aql xayosi,
Topilmaydi zarra ziyosi,
Ayolga teng asli qiyosi,
Ayoldanda yomon yigitlar.
Yigitlarga osilsa singil,
Bunga kulib qaraydi ko'ngil,
G'ayrati yo'q nigohi yengil,
Shijoatdan omon yigitlar.
Momolari romol o'rashmas,
Bobolari dinga qarashmas,
O'z nafsiga qarshi kurashmas,
Quruq rangi somon yigitlar.
Hayolda mulla jiringlar,
Gashtagida hiring hiringlar,
Jazo kunin kutib turinglar,
Yigitligi gumon yigitlar.
Qulab borar hayot ustuni,
Broq aqli anglamas buni,
Jahannamga yiqilgan kuni,
Ilonlarga talon yigitlar.
Ayolini quvib bozorga,
Aylantirar uyin mozorga,
Qo'zin suzib Xudo bezorga,
Ketar joyi falon yigitlar.
Bazimlarda baloyi ofat,
O'yin-kulgu, tag'in ziyofat,
Yurar joyi tamom kasofat,
Fasodlarga ayon yigitlar,
Bayon qilib fanoda shirkin,
Yuqotmoqda jahhonni ko'rkin,
Yashab netar hayotda chirkin,
Bu dunyoga ziyon yigitlar.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев