
Dardlarini ichga yutganlar.
Egildimi mag'rur boshingiz.
Muhabbati tashlab ketganlar.
Qon yuraklar yig'layaptimi?
Har on sizni qiynayaptimi?
Hamon yorin izlayaptimi?
Mahabbati tashlab ketganlar.
Qalbingizda begona bahor.
Bevafolar berdimi ozor.
Menga kulib qaranglar bir bor.
Muhabbati tashlab ketganlar.
Neki bölsa bari xudodan.
Meni ham hech farqim yöq sizdan.
Közingizni yashirmang mendan.
Muhabbati tashlab ketganlar.
Qadrimizni arzon sotibmiz.
Öz özimiz g'amga tutibmiz.
Bevafodan vafo kutibmiz.
Muhabbati tashlab ketganlar.
Yurak yonsa misoli olov.
Xotiralar qiynar beayov.
Faryodingiz bilarmi birov.
Muhabbati tashlab ketganlar.
Qöying yurmang közingiz yoshlab.
Yolg'on yorni qadamga eslab.
Sevganida ketmasdi tashlab.
Muhabbati tashlab ketganlar.
Hech kimsadan siz kutmang shavqat. Xaqiqatga intiling faqat.
Köyib ketsin ösha MUHABBAT.
MUHABBATI TASHLAB KETGANLAR....


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев