Har galgidek boshlavchi Soat Sharipov:
-An'anamizga sodiq qolib kuyov bolaga yuzlanamiz, qani kuyuvbola qanday tanishgansiz?
-Man Soataka ishdan uyga kelaytiruvdim, pitakka borsam damasni oldi band ekan. Orqasiga chiqib o'tirdim...
-Kuyovbola siz o'tirib turing, qani qani kelinbola siz ayting keyin nima bo'ldi?
-Soataka man telefonimni titkilab turuvdim, na bir sms bor na odnoda gosti bor. Bir payt qarasam bu kishi damasni orqasidan mani imlab chaqirdi, qarasam chidasa bo'ladi. Tashqari sovuq qish edi, sekin oldiga borib o'tirib tanishdim...
-Kelin bola siz ham o'tirib tanishib turing, qani qani kuyov bola siz ayting keyin nima bo'ldi?
-Soat aka man buni chaqirmovdim, atrofni ko'raman deb damasni parlab ketgan oynasini artaytiruvdim. O'zi kelib oldimga o'tirvoldi. Shu manga yopishgancha hech haydab bo'lmadi...
-Kuyov bola siz haydab turing, kelin bola keyin nima bo'ldi?
-Ikki qiz bir o'g'il bo'ldi.
-Kelin siz o'zingizni baxtli oila deya olasizmi?
-Albatta man eng baxtliman.
-Kuyov bola yoshlarga tilaklaringiz?
-Umuman damasga chiqma, chiqdingmi oynasini artma.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1