
Omad kutmaganda kelishi mumkin.
Kelsa ham u qadar suyunma do'stim,
Hayotda har narsa bo'lishi mumkin.
Omad deganlari misoli bir qush,
Qo'linga qo'nganda ko'ngling bo'lar xush.
Ketganda qolasan ko'rgandayin tush,
Hayotda har narsa bo'lishi mumkin.
Gohida dushmaning do'sting bo'b qolar,
Gohi do'st bilganing dushmanlik qilar.
Insonni ko'nglini bir Xudo bilar,
Hayotda har narsa bo'lishi mumkin.
Saroyni suymagan gadoni ko'rdim,
Buyuk muhabbatda xatoni ko'rdim.
Yolgon uchun joni fidoni ko'rdim,
Hayotda har narsa bo'lishi mumkin.
Er boshing egilsa qoyil emasman,
Gohida umiding o'lishi mumkin.
Qara, she’r yozdimu shoir emasman,
Hayotda har narsa bo'lishi mumkin.
Qasosli dunyo bu qaytar dunyo bu,
Har dam o'z so'zini aytar dunyo bu.
Armonli dunyo bu qaysar dunyo bu,
Hayotda har narsa bo'lishi mumkin!!!


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 6