o`qituvchi oldinroq "uchrashib"
qo`ygan talabadan so`rabdi:
- Ikkinchi Jahon urishi qachon
boshlangan?
- 1941 yil 22 iyunda.
- Qachon tugagan?
- 1945 yil 9 mayda.
- Barakalla, imtihonga yaxshi
tayyorlanibsiz, sizga "5".
Ikkinchi "uchrashib" ko`ygan
talaba kiribdi.
- Qani, ayting-chi, Ikkinchi Jahon
urushi qaysi yili tugagan?
- 1945 yilda.
- Shu urushda sobiq Ittifoqdan
qancha odam o`lgan?
- Yigirma million odam qurbon
bo`lgan, domlajon.
- Juda yaxshi. Sizga ham "besh".
Keyingi talabani ay-tib yuboring!
Talaba o`z bilimiga ishonib,
domlaga oldindan "uchrashib"
ko`ymagan ekan, domla kesatiq
bilan so`rabdi:
- Imtihonga juda yaxshi
tayyorlanganga o`xshaysan-a?
Qani, menga javob berchi, Ikkinchi
Jahon urushida sobiq Ittifoqdan
qancha odam qurbon bo`lgan?
- Yigirma million, domlajon.
- Hm-m... Shunday degin... Qani,
endi shularning hammasining
familiyasi bo`yicha sanab bergin-
chi.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3
...../ /
.../ /
./ (______)
| (_______)
.\ (______)
...\____(_____)