biri xizmatchilarning diqqatini tortibdi. Chunki,
konvertning "kimga" degan joyiga "Qorboboga" deb
yozilgan ekan. Xizmatchilar shosha-pisha
konvertni ochib, o'qiy boshlashibdi: - "Xello,
Qorbobo! Uzr, ingliz tili darsidan faqat shu so'zni
o'rgandim. Senga do'konning yonidagi ko'k
darvozali uyda yashovchi Turdali maktub
yozmoqda. Uyimizning yonidagi "paynet"
ishlamayapti. Shunga 3 ming so'mlik kartichka
yuborsang. Kurtkam yo'q edi, otam o'zinikini berdi,
kiygandim, ichidan 3 kun izlashdi. Shunga bir
kurtka xam yubor. Mol-xolga qarayman, qo'limdan
tezakning xidi keladi. Shu bois, bir juft qo'lqop
xam yubor. "made in China" bo'masin lekin.
Sovg'alar kechikmasin, bo'lmasa, Qorbobo
borligiga ishonmayman". Pochta xodimlari bu xatni
o'qib, yig'lab yuboribdi va ming so'mdan
tashlashib, kurtka hamda qo'lqop olishibdi. " 3
ming so'mlik " kartochka olishga pul yetmapti.
Xullas, sovg'alarni Turdalining uyiga jo'natishibdi.
Oradan bir necha kun o'tgach, pochta xonaga yana
Qorbobo nomiga xat kelibdi, unda shunday
yozilganmish: -"Qorbobojon, hursandman,
sovg'alar uchun senga katta rahmat. Lekin, " 3
ming so'mlik" kartichka kelmadi. Ha mayli
pochtachilar o'g'irlashgan bo'lsa
kerak.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1