
Poyingga yumalab tushgim keladi. Goho turgim kelar yomg’ir tagida. So’ng yana oqqushday uchgim keladi. Goho ayamaysan sevgan kishingni. O’sha o’g’irlagan axir xushingni. Buzgim
kelmaganday shirin tushingni. Beozor-beozor quchgim keladi. Goho haddim yo’qday tuyular
menga. Goho haqqim yo’qday
tuyular menga. Goho qadrim
yo’qday tuyular menga, Bu sirli
jumboqni yechgim keladi. Goho
ko’rgim kelar seni yiroqdan.
Dilim sarxush tortar shunda
titroqdan. Ehtiros o’tini yoqqan
firoqdan. Gohida sevgidan
kechgim keladi. Goho kechgim
kelar xisdan, sevgidan. Men –
taqqir etilgan mag’lub,
yengilgan. Hech kim ayrilmasin,
deyman, tengidan… -
Kimningdir yodidan o’chgim
keladi.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 7