Noxushlik qilsamda maqtab tonggacha,
Xudo ko'rsatmasin, yiqilsam agar,
Mening atrofimdan qochganlar qancha.
Barchani muzlatgan qorsan deydilar,
Yaxshiyam dunyoda borsan deydilar,
Lochin yo'lda qolar, sorsan, deydilar,
Qarang, osmonimda uchganlar qancha.
Sirlarim o'g'irlab, mehrim o'g'irlab,
Xatoim to'g'irlab, dilim sehrlab,
Kelib qulog'imga asta pichirlab,
Yechilmas tugunni yechganlar qancha.
Dardlarim yotadi titrab tanamda,
Bitirar ishini ko'ngilxonamda,
Jigardan yaqinim, deb ostonamda,
Maqtab sharobimni ishganlar qancha.
Ishondim, ko'zidagi yoshlarin artib,
Ketgan yaqinlarim kelganda qaytib,
Belimda kuch qolmay qolsam gar qarib,
Darrov kafanimni bichganlar qancha.
G'iybat eshigini yopdim qiynalib,
Yopguncha ming bora ketdim loylanib,
Sochi suluvlarga qolsam boylanib,
Yana shu eshikni ochganlar qancha.
Ko'plarin bilmaysiz, dardim ichimda,
Dard bor san'atimdan olgan kuchimda,
G'am bilan to'qnashgan har bir kunimda,
Bir-bir hayolimdan o'tganlar qancha.
O'shal g'animlarga zo'rlik qilmayman,
Omonlik tilayman, sog'lik tilmayman,
Bilmaysiz do'stlarim, men ham bilmayman,
Sodiq do'stlaridan kechganlar qancha.
So'zlarning zarbidan yuragim xira,
Lekin men ulardan totmayman sira,
Chunki, atrofimda ulardan ko'ra,
Menga o'z mehrini berganlar ancha...


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 7