
TOR SHIMCHALAR
Zamon, zamon noming o'shayu,
Yangilandi ko'p tushunchalar.
Yuragimga soladi qayg'u,
Kalta yupka va tor shimchalar.
Soch yelkadan oshmaydi, nega?
Kindikkacha yetmas nimchalar.
Yurishadi beor, be ega,
Kalta yupka va tor shimchalar.
Tarbiyaga keldimi qiron?
Xo'rlandimi hayo shunchalar?
Ko'cha kezar, ongi nogiron,
Kalta yupka va tor shimchalar.
Qaradingmi, gunohga botib,
Ko'zlaringni o'yvolging kelar.
Yonginangda xushomat otib,
Siynasini o'ynatib kular.
Boqqa kirsang ko'ngil yozgani,
Ko'zlaringdan quyilar yoshlar.
Xilvatlarda zo'rlar nomusin,
O'zligini unutgan Yoshlar.
Boraversa bu hol zo'rayib,
Haqiqiy ishq kuyin kim chalar?
Qismatingiz ketmish qorayib,
Kalta yupka va tor shimchalar.
Arxivlarda qoldimi uyat?
Andishalar chang bosib yotar.
Qiroatla o'qib zo'r oyat,
Kim bu g'ofillarni uyg'otar?!
Alam qilar sherdek yigitlar,
Nafs jilovin ololmagani.
Ayoli yo singil, opasin,
To'g'ri yo'lga sololmagani.
O'zbekiston jannatiy diyor,
Nomiga dog' sachratmang illo.
Udumlarin toptamang zinhor,
Berishsada tonnalab tillo.
O'zga yurtni pesh bilsangiz gar,
Keting, qilib yurmasdan taqlid.
Bu o'lkada din-diyonatli,
Pok insonlar yashashga haqli!


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 74
xm