Siz shaxarlik nozik qiz.
Nechun jondan tuyipsiz.
Shuncha yigitlar turib.
Menga ko'ngil qo'yipsiz.
Men bir qishlog odami.
O'ntadan mol qo'yim bor.
Agar menga teksangiz.
Yasholmaysiz bemalol.
Sahar to'rda turasiz.
Sigirlarni sog'asiz.
Taglarini tozalab qo'ylarga yem berasiz.
Uyimiz katta yo'lda iflos tursa bo'maydi. Ko'chalarga suv sepib supurmasez bo'maydi.
Oylamiz xam katta naq o'n besh kishimiz.
Tong sahardan kechgacha yeyish ichish ishimiz.
Sochiz supurgu bo'lib qo'liz kasov buladi.
Agarda ulgurmasez Onamlar o'ldiradi.
Xa aytgancha qish kuni bizlarda gaz bo'maydi.
Shuning uchun mol qo'yni go'ngi uvol bo'maydi.
Yoz kunida ulardan elab tezak qilasiz.
Bu ish qiyinku demang sevsangiz o'rganasiz.
Tezak tugab qolmasin yo'qsa yomon bo'lasiz.
Yo'qsa burnizni tortib o'ziz o'tin qilasiz.
Mabodo ko'mir olsak faqat o'ziz tashiysiz.
Bir ikki kun qiynalsangiz mazza qilip osh yeysiz.
Ovqat masalasini oldindan kelishib olgan yaxshi.
Ertagachi bo'lishin aytolmaydi hech baxshi.
Tong sahar non ustiga yarim to'g'ram non yeysiz.
Qorniz to'ysa to'ymasa yana bering demaysiz.
Abetgacha ishlayliz biroz qo'shib beramiz.
Yotar qoringa ovqat yeb bo'maydi bilamiz.
Non yopish ovqat qilish suv isitib kir yuvish.
Bu har kuni bo'ladi. Shart
bo'lur buni bilish.
Onam nima desalar faqat shuni qilasiz.
Aka ukalarimni juda xurmat qilasiz.
Tomorqa ishi uncha qiyinmas.
Erta bahordan boshlab kuzgacha ish qilasiz.
Kuz kelgach hosil yig'ib o'ziz shudgor qilasiz.
Xa nima qiyin ishmi lapatkalab o'yasiz.
Traktorni puliga kalish olib kiyasiz.
Agar shunga ko'nsangiz MMMMenga tegasiz.
Oldindan aytdim qo'ydim yana o'ziz bilasiz.
(Menimcha ancha munchasi chidolmasa kerak bu shartlarga)......

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 106