Mani qora ko'z bolam
Dilimda bir so'z bolam
Qizim yomon siz yaxshi.
Erka bolam, arslonim
Oyim turgan osmonim.
Qo'lingizdadur jonim
Qizim yomon siz yaxshi.
Yigit bormi sizday mard?
Yuragi toza begard.
Ikki dunyo ko'rmang
dard
Qizim yomon siz yaxshi.
Biz temir siz tillosiz.
Biz omi siz mullosiz.
Biz nodon siz donosiz.
Qizim yomon siz yaxshi.
Qizimning o'zi axmaq!!!
Yurardi sizni maqtab.
Bir keptida arazlab
Qizim yomon siz yaxshi.
Tiriklik deb yursangiz.
Uy-joim deb tursangiz.
Nima qipti ursangiz?
Qizim yomon siz yaxshi.
Ro'zg'or xurjun bo'ladi
Goh kamib goh to'ladi.
Xotin degan ko'nadi
Qizim yomon siz yaxshi.
Bolam, sizda ixtiyor
Bo'lmaylik ozor, bezor.
O'rtada bolalar bor
Qizim yomon siz yaxshi.
Ko'p yashang yuzga
yeting
Qiz tushgurni afv eting
Aldab-suldab opketing
Qizim yomon siz yaxshi
Ko'chada yotsangiz ham,
Mast bo'lib qotsangiz
ham,
Choynakni otsangiz ham,
Qizim yomon siz yaxshi.
Bo'lsangiz ham mayliga
Yursangiz ham o'ngu-
chap
Man hamisha siz taraf
Qizim yomon siz yaxshi.
Sog'ligida sizniki
O'g'liniki qizniki
Kasal bo'lsa bizniki
Qizim yomon siz yaxshi.
Taqsirimsiz, xo'jamsiz
Qimmatbaho o'ljamsiz
O'zim ochgan jo'jamsiz
Qizim yomon siz yaxhsi.
Marhaboxon uqqanim
Go'ngga g'uncha
suqqanim
Gunohim qiz tuqqanim
Qizim yomon siz yaxshi


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 62
Tunda yozibman kimgadur she`rlar
Kimgadur o`zimni bag`ishlab har on
Muhabbat desalar berardimku jon
O`shanda unutdim sizni onajon.
Do`stimga ishonib sirim ham aytdim
Dushmanni har vaqt do`stim deb bildim
Yomonlik, razillik barchasin qildim
Sizni o`ylamadim bir dam onajon.
Do`st sirini olamga yoyib ham bo`ldi
Ishonganim ustimdan kulib ham bo`ldi
Nahotki quvonib yi`glagan chog`da
Sizni o`ylamadim bir dam onajon.
Yuz o`girdi hatto o`z Do`stim
Va`dasin unutdi bevafolar ham
Boshimga tushdiku malomat toshi
Yolg`iz boshginamda yig`ladi onam.
Ko`zimni ochib qarasam shu choq
Yig`lab turar munis bir inson
Ko`zlaridan tutib so`rayman
Gunohkoringizni kechirning ONAJON
Qo'llarimga titroq kiradi
Ko'zlarimga yoshlar to'ladi
Ko'zlaringiz tushimda ko'rsam...
So'zlaringiz yodimga olsam
Tilim qotib, so'zdan qoladi
Onaginam! Sizni eslasam
Ko'z o'ngimga yoshlik keladi...
Onam, muborak sochingizga,
Necha oq tola qo'shgandurman...
Ko'zlardan oqqan yoshingizga,
Necha martta ko'z tikkandurman
Ulgaygach bagringizdan yiroq
Manzillarga yo'l oldim bugun
Qo'llarim kul, oyog'im tuproq,
Tunlarim kunlarimdan uzun...
Onaginam, sog'inchlarimni
Qushlar ko'nglingizga eltadi
Kechalar to'kkan yoshlarimni
Gurbat shamoli quritadi...
Onaginam! Tinchimas ko'ngil,
Bagringizda tinchin topardi
Dardlaringiz olsa-ku bu dil!
Bahtingiz-la bahtli bo'lardi.
Assalomu alaykum aziz va hurmatli do'stlar sizlarni AJoYIB O`zBeKoNa TaNiSHuV PoRTaLiMiZ
Assalomu alaykum aziz va hurmatli do'stlar sizlarni AJoYIB O`zBeKoNa TaNiSHuV PoRTaLiMiZ