
o'chganda
(HAJVIY SHE'R)
Dillar g'amga cho'mib qoladi,
Hamma jim-jit, o'yga toladi,
Atrof qop-qorong'u bo'ladi,
Mahallada chiroq
o'chganda. Kim paypaslab
shamni qidirar,
Kim qoqilib
yerga yiqilar,
Kimdir tokchadagi
gugurtni izlar,
Mahallada chiroq
o'chganda.
Kimdir endi taom
yemoqda, Yana kimdir ishdan
kelmoqda. Kimdir oshxonada
ovqat suzmoqda, Mahallada
chiroq o'chganda. Kichkintoylar
qiy-chuv qiladi, Kim ho'mraygan,
kimdir kuladi.
Kim uxlagan,
kimdir yuradi,
Mahallada chiroq
o'chganda.
Telefonda antenna
"o'lgan", Internetda svyaz
yo'qolgan.
Zaryadka ham juda
kam qolgan, Mahallada chiroq
o'chganda. Bolalar dars qilolmay
qoldi, Kimdir alamini nosvoydan
oldi. Ishqiboz futbol ko'rolmay
qoldi, Mahallada chiroq
o'chganda. Nihoyat, kutganimiz
chiroq ham yondi, Kimdir xurrak
otar, kimdir uyg'ondi. Kimdir
qo'l siltadi, yotdi o'rniga, Kimdir
sovigan oshni urdi qorniga.
Kimdir chopib borib TV ni yoqdi,
Umid bilan ekranga termulib
boqdi. Televizorda suhandon
qiz kulib qarardi, Ertangi kun
dasturlarin e'lon qilardi. She'rni
yozdi havaskor shoir Asqarbek zulmat
cho'kkanda, Doimgidek
mahallada chiroq o'chganda


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 10
......|_)..\
..../......./_____
./..........(_____)
|.........(_______)
\...........(_____)
....\____(___) gap nest
L
A
S
S