
yomon, yomon...
Urushda qatnshgan bir keksa otaxondan reportaj olish uchun bir necha jurnalistlar kelishibdi. Va otaxonga bir necha savol berishibdi:
Jurnalistlar: Otaxon siz urushda kim bo'lib qatnashgansiz?
Otaxon: Uchuvchi bo'lganman.
J: Birorta qiziqroq voqeani eslay olasizmi?
O: Ha, albatta. Bir kuni samolyotda ketayotgan yedim. Birdan samolyot buzilib qoldi.
J: E-e-e, yomon, yomon.
O: Nimasi yomon, mani parashyutim bor yedi.
J: Xa-a, Yaxshi, yaxshi.
O: Nimasi yaxshi, mani parashyuutim ochilmay qoldi.
J: E-e-e, yomon, yomon.
O: Nimasi yomon, pastda somon to'plami bor yekan.
J: Xa-a, Yaxshi, yaxshi.
O: Nimasi yaxshi, somon uyumi yonida beshlik (panshaxa) bor yekan.
J: E-e-e, yomon, yomon.
O: Nimasi yomon, man to'g'ri somon uyumi ustiga tushdim.
J: Xa-a, Yaxshi, yaxshi.
O: Nimasi yaxshi, mani 50 ta soldat o'rab oldi.
J: E-e-e, yomon, yomon.
O: Nimasi yomon, man hammasini otib tashladim.
J: Xa-a, Yaxshi, yaxshi.
O: Nimasi yaxshi, ular hammasi o'zimiznikilar ekan.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 7